Anaksagor
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 461-b. — ziyouz.com
Anaksagor (mil. av. taxm. 500- 428) — yunon faylasufi, riyoziyot va falakiyot olimi, Afina falsafa maktabining asosçisi. Xudosizlikda ayblangan (u Kuyoş çöğ holatidagi jismdan iborat, deb uqtirgan). Buzilmas unsurlar — narsalarning «uruğ»lari haqidagi ta'limotni ilgari surgan (keyinçalik ular gomeomeriya deb atalgan). Uningça, olam bunyodkori aql (nus) bölib, unsurlarni tartibga solib turadi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
АНАКСАГОР (мил. ав. тахм. 500- 428) — юнон файласуфи, риёзиёт ва фалакиёт олими, Афина фалсафа мактабининг асосчиси. Худосизликда айбланган (у Куёш чўғ ҳолатидаги жисмдан иборат, деб уқтирган). Бузилмас унсурлар — нарсаларнинг «уруғ»лари ҳақидаги таълимотни илгари сурган (кейинчалик улар гомеомерия деб аталган). Унингча, олам бунёдкори ақл (нус) бўлиб, унсурларни тартибга солиб туради.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.