Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Anaplaziya

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 468-b. — ziyouz.com

    Anaplaziya (yun. ana — teskari, plasis — tuzilma) — töqima va hujayralarning norma va patologiyada differensiallanmagan holatga qaytişi, bunda ular öziga xos funksiyalarini ötamay qöyib, çeksiz ösadigan bölib qoladi, Hujayralar aynib, ösma hosil qilayotganda röy beruvçi özgarişlar majmui, odatda, A. deb ataladi. Belgilari: hujayra yadrolarining kattaligi, şakli va tuzilişi özgaradi, ba'zan ularda bir neça yadroçalar paydo böladi; hujayralarning differensiatsiyalanişi susayadi, fizik-kimyoviy va biokimyoviy xossalari buziladi, ular tez köpayadi va h.k.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АНАПЛАЗИЯ (юн. ana — тескари, plasis — тузилма) — тўқима ва ҳужайраларнинг норма ва патологияда дифференциалланмаган ҳолатга қайтиши, бунда улар ўзига хос функцияларини ўтамай қўйиб, чексиз ўсадиган бўлиб қолади, Ҳужайралар айниб, ўсма ҳосил қилаётганда рўй берувчи ўзгаришлар мажмуи, одатда, А. деб аталади. Белгилари: ҳужайра ядроларининг катталиги, шакли ва тузилиши ўзгаради, баъзан уларда бир неча ядрочалар пайдо бўлади; ҳужайраларнинг дифференциацияланиши сусаяди, физик-кимёвий ва биокимёвий хоссалари бузилади, улар тез кўпаяди ва ҳ.к.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.