Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Anaplazma

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 468-b. — ziyouz.com

    Anaplazma (Anaplazma) — bir hujayrali sodda organizm. Tanasi yumaloq, diametri 1 mkm gaça. A. nuqtadek bölib, qizil qon tanaçalari (eritrotsitlar)ni jarohatlaydi. A. faqat mikroskopda körinadi. Eritrotsitda 1 — 4 tagaça A. bölib, köpinça uning çetida joylaşadi. A. oddiy böliniş yöli b-n köpayadi va anaplazmoz kasalligini qözğatadi. Qoramol va qöyeçkilar qonida parazitlik qiladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АНАПЛАЗМА (Anaplazma) — бир ҳужайрали содда организм. Танаси юмалоқ, диаметри 1 мкм гача. А. нуқтадек бўлиб, қизил қон таначалари (эритроцитлар)ни жароҳатлайди. А. фақат микроскопда кўринади. Эритроцитда 1 — 4 тагача А. бўлиб, кўпинча унинг четида жойлашади. А. оддий бўлиниш йўли б-н кўпаяди ва анаплазмоз касаллигини қўзғатади. Қорамол ва қўйэчкилар қонида паразитлик қилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.