Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Anaxronizm

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 471-b. — ziyouz.com

    Anaxronizm (yun. ana — teskari, qarşi, choronos —vaqt, davr) — 1) xronologik xato, biron-bir voqea, hodisani tamomila boşqa vaqtga, davrga nisbat beriş; 2) biror davrni tasvir qilişda şu davrga xos bölmagan xususiyatlarni ataylab tiqiştiriş; 3) öz zamonasiga mos kelmaydigan eski qaraşlar, xatti-harakatlar, urf-odatlar, ötmiş sarqitlari.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АНАХРОНИЗМ (юн. ana — тескари, қарши, choronos —вақт, давр) — 1) хронологик хато, бирон-бир воқеа, ҳодисани тамомила бошқа вақтга, даврга нисбат бериш; 2) бирор даврни тасвир қилишда шу даврга хос бўлмаган хусусиятларни атайлаб тиқиштириш; 3) ўз замонасига мос келмайдиган эски қарашлар, хатти-ҳаракатлар, урф-одатлар, ўтмиш сарқитлари.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.