Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Anders Belo

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 230-b. — ziyouz.com

    Belo Anders BELO (Bello) Anders (1781.29.11, Karakas — 1865.15.10, Çili) — Venesuela şoiri, filolog. 1829 y.dan Çilida yaşagan. Lotin Amerikasi filol.sining asosçisi. Epik dostonlari — «Nazmga murojaat» (1823), «Tropiklardagi dehqonçilik qasidasi» (1826) bor. Falsafiy qaraşlari b-n ma'rifatparvar, ijodiy uslubi klassitsizmga moyil. Milliy ruhiyat va folklorga bölgan qiziqişi tufayli Lotin Amerikasi adabiyotida romantizmni boşqa ijodkorlarga nisbatan oldiproq payqagan. Ispan grammatikasi, fonetikasi va b. haqida asarlar yozgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БЕЛЬО (Bello) Андерс (1781.29.11, Каракас — 1865.15.10, Чили) — Венесуэла шоири, филолог. 1829 й.дан Чилида яшаган. Лотин Америкаси филол.сининг асосчиси. Эпик достонлари — «Назмга мурожаат» (1823), «Тропиклардаги деҳқончилик қасидаси» (1826) бор. Фалсафий қарашлари б-н маърифатпарвар, ижодий услуби классицизмга мойил. Миллий руҳият ва фольклорга бўлган қизиқиши туфайли Лотин Америкаси адабиётида романтизмни бошқа ижодкорларга нисбатан олдипроқ пайқаган. Испан грамматикаси, фонетикаси ва б. ҳақида асарлар ёзган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.