Asosiy mazmunga ötiş

Nima yangi v1.6.4 · 25-oktabr

Hamma versiyalar →
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Andijon qözğoloni

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 509–512-b. — ziyouz.com

    Andijon qözğoloni (1898) -özbek xalqining mustamlakaçilik va milliy zulmga qarşi ozodlik harakati. Dukçi Eşon qözğoloni (voqeasi) nomi b-n ham maşhur. Unga Andijon uyezdining Mingtepa qişloğilik Muhammadali xalfa Sobir öğli rahbarlik qilgan.

    Turkistonda Rossiya imperiyasining 19-a. ikkinçi yarmida örnatgan mustamlakaçilik tuzumi mahalliy aholini siyosiy huquqlardan mahrum etdi, milliy, liniy qadriyatlarini tahqirladi, iqtisodini esa imperiya maqsadlariga böysundirib, xalqning turmuşi, moddiy ahvolini yomonlaştirib, qaşşoqlanişiga olib keldi. Ayniqsa Farğonada Rossiya sanoati uçun zarur bölgan paxta xom aşyosini yetiştirişga zör berilişi natijasida viloyatdagi aholi hayoti nihoyatda oğirlaşdi. Oğir mehnat şaroitida yetiştiriladigan paxta xom aşyosi arzimas narxda sotib olinib, Rossiyaga olib ketilar, dehqon esa bundan durust moddiy manfaat körmay, aksinça, turli xil oğir soliq, tölov va qarzlar iskanjasida yil sayin qaş-şoqlaşib borardi. Viloyatda paxta ekin maydonlarining tez sur'at b-n ösib borişi ğalla mahsulotlari, burdoy yetiştirişni keskin kamayişiga, aholini çetdan keladigan ğallaga qaram bölişiga olib keldi. Rossiyadan keltirilgan yuqori narxdagi buğdoyni sotib olib, iste'mol qilişga esa qaşşoqlaşgan dehqonlarning qurbi yetmay, ahvollari yanada oğirlaşdi.

    Çorizmning nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy, siyosiy, milliy zul-mi ham çeksiz edi. Siyosiy huquqlardan mahrum etilgan aholi ölkani idora qiliş işiga mutlaqo yaqinlaştirilmasdi. Maorif, tibbiy xizmat, obodonçilik işlari qarovsiz holda bölib, mustabid ma'muriyat bunga mut-laqo mablağ ajratmasdi. Mahalliy ahamiyatga molik sarfxarajatlar aholi zimmasiga yuklatilgandi. Hukmron millat vakillari alohida imkoniyat va huquklarga ega bölgan holda mahalliy aholi huquqsizlik, zulm va zöravonlikdan azob çekardi. Buning ustiga mahalliy aholining unumdor yerlari Rossiyadan köçirib keltirilgan dehqonlarga tortib olib berilgan bölib, yer-suv munosabatlari masalasida ham adolatsizlik avjiga çiqqandi.

    Çorizm hukmronligi davrida ölkada mustamlakaçilar turmuş tarzi orqali kirib kelgan maişatparastlik, qimorbozlik, içkilikbozlik singari illatlar mahalliy aholining ma'naviy-axloqiy ruhiyati, qadriyatlariga putur yetkaza boşlagandi. Bu illatlarning barçasi bir bölib mahalliy xalqning mustamlakaçilarga nisbatan nafratini oşirib, milliy, insoniy ğururi, nafsoniyatini tahqirlab, bularga çek qöyiş istagi kun sayin avj olib borgan, milliy ozodlik tuyğulari junbuşga kelgan.

    Qözğolondan 3 yil oldin — 1895 y.da Muhammadali eşon Marğilon, Öş uyezdlarida lavozimini qayta tikladi. Şundan söng qişloqlarda ikki hokimiyatçilikni eslatadigan bir holat yuzaga keladi — xalqqa bir tomondan mustabid çorizm hukumati vakili bölgan volost boşliği, ikkinçi tomondan oddiy xalq xohiş-irodasini ifodalagan rais rahbarlik qila boşlaydi. Bu holat mustamlakaçi ma'murlar b-n xalq örtasidagi munosabatlarni yanada keskinlaştiradi. Mustamlakaçilar zulmidan ezilgan xalq Dukçi Eşonga murojaat qilib erk uçun muqaddas kuraşga fatvo berişini hamda bu kuraşga rahnamolik qilişini söraydi. Xalq noroziligining jilovlab bulmaidigan darajada kuçayib ketganligini körgan Dukçi (Muhammadali) Eşon uyida Farğona viloyatining turli bölislaridan kelgan vakillar iştirokida maxsus kengaşi böladi. Şu kengaşda Muhammadali eşon yiğilganlarni mustamlakaçilarga qarşi boş kötarişga, ularni yurtdan haydab, ona Vatan mustaqilligini tiklaş uçun kuraşga çaqiradi. Köpçilik bu taklifni ma'-qullaydi. Kengaşda Muhammadali Eşon ma'lum qilgan rejaga binoan mustabid hukumatning vodiydagi 3 şahar — Andijon, Marğilon va Öşda joylaşgan harbiy lagerlariga bir kunda hujum qilişga, bu hujum muvaffaqiyatli tugasa, Qöqonda ham qözğolon kötarişga kelişiladi. Marğilondagi harbiy lagerga Inoyatxon Töra, Öşdagi harbiy lagerga Umarbek dodxoh, Andijondagi harbiy lagerga esa Muhammadali eşon boşçiligida hujum qilinişi kerak edi. 1898 y. 17 may kuni Muhammadali eşon xalqqa murojaat kilib, ularni mustamlakaçilarga qarşi qözğolon kötarişga da'vat etadi. Qözğolonçilar Muhammadali eşon boşçiligida Mingtepadan Andijon ş. tomon yöl olişadi. Yöl-yölakay qözğolonçilar safi tölib borib, şaharga yaqinlaşganlarida ularning soni 2000 ga yetadi. Şahar yaqinida Muhammadali eşon öz jangçilarini oxirgi marta körikdan ötkazadi. U qözğolonçilarni 5 qismga bölib, har qaysi qismga bittadan bayroq beradi. ğarbiy lagerga qilinadigan hujum oldidan sönggi nutqini sözlaydi. U qözğolonçilarni oxirgi daqiqalargaça öz qasamyodiga sodiq qolişga, Vatan ozodligi uçun muqaddas kuraşga da'vat etdi. Söngra qözğolonçilar Andijon harbiy lageriga hujum qiladilar. Töqnaşuv paytida harbiy garnizon jangçilaridan 22 kişi öldirildi, 24 askar yarador böldi. Yarim soat davom etgan qattiq jangdan söng jangovar tayyorgarligi durust bölmagan va qurol-yaroği noçor qözğolonçilar guruhi töqnaşuv joyida ölgan 11 nafar va yarador bölgan 8 nafar odamlarini qoldirib çekinişadi.

    Marğilon va Öş uyezdlaridagi harbiy garnizonlarga hujum uyuştiriş rejalari esa amalga oşmay qoladi, çunki çor amaddorlari bundan xabar topib, mudofaa uçun zarur çoralarni körib ulguradilar. Öş uyezdida mustabid hukumatga sotilgan xoin — uyezd mingboşisi Qorabek Hasanov öz xalqiga xiyonat qilib, mustamlakaçilarning harbiy kuçlariga qarşi tayyorlanayotgan hujum haqida podpolkovnik Zaysevga xabar yetkazadi. Bu voqeadan xabar topgan Umarbek dodxoh yaxşi qurollanmagan xalqni qurollangan, şay turgan harbiylarga qarşi qözğolonga boşlaşga jur'at etmaydi.

    Marğilon harbiy lageriga hujum ham amalga oşmadi. 17 may kuni keçqurun belgilangan joyga odam töplanmadi. Buning ustiga şu kuni yakşanba, ya'ni dam oliş kuni bölib, harbiy lagerda qandaydir marosim bölayotgandi. Bunday vaziyatda hujum boşlaş xatarli edi. Şu bois Inoyatxon Töra öz odamlari b-n Andijonga jönab ketgan qözğolonçilarni quvib yetib, ular safiga qöşiladi.

    Qözğolon haqidagi xabarlar Namangan uyezdi va Yettisuv viloyatiga ham yetib bordi va bu yerdagi aholi tomonidan qöllab-quvvatlandi. Yettisuv viloyatining Avliyoota uyezdida Şodibek xalfa ismli eşon boşçiligida töplangan yuzdan ortiq odamlar dovonlar qordan biroz tozalangaç, Andijon tomon harakat qildilar. Bundan xabar topgan mustabid hukumat qöşinlari Namangan va Andijondan ularga qarşi yurdilar va oradan beş kun ötgaç, Şodibek xalfani 23 nafar odami b-n qölga oddilar. Namanganda harbiylar yaşirin ravişda toğ söqmoqlarini kezib, 29 nafar qözğolonçini, şular qatori 4 boşliğini ham uşlaşdi. Öşa kunlarda Yettisuv viloyatining Prjevalsk va Bişkek uyezdlarida, Sirdaryo viloyatining Xovos temir yöl bekatida ham mirşablar b-n mahalliy aholi örtasida qurolli töqnaşuvlar bölib ötdi.

    Andijondagi qözğolondan xabar topgan Çor Rossiyasi hukmdori Nikolay II qözğolonçilardan şafqatsiz öç olişni buyuradi. Bu işga rahbarlik qiliş öta şovinist sifatida dong taratgan Sirdaryo viloyati harbiy gubernatori A.I. Korolkovga topşiriladi. Mustamlakaçilar A.q. munosabati b-n butun Farğona vodiysida dahşatli qatağon uyuştirdilar. Birinçi navbatda qözğolon rahbari Muhammadali eşon va uning yaqin maslaqdoşlaridan 5 nafari 1898 y. 12 iyunda Andijon ş. markazida butun vodiy jamoatçiligining 8 mingga yaqin vakili köz öngida osib öldirildi. Keyin boşqalar jazolandi. Qözğolonçilardan 18 nafari osib öldirişga hukm qilindi. 344 nafari 4 yildan 20 yilgaça muddatga, 3 nafari umrbod katorgaga, 8 nafari turli muddatga qamoq jazosiga hukm qilindilar. 18 kişi Sibirga surgun qilindi. Jami 388 kişi jazolandi. Qözğolon markazi bölgan Mingtepa, Qaşğar, Tojik qişloqlari uç kun töplardan öqqa tutilib, kultepaga aylantirildi.

    Jazoga tortilgan qözğolonçilarning ijtimoiy tarkibi tahlilidan ma'lum bölişiça, ularning köpçiligi dehqon va hunarmandlardan iborat bölib, sardorlari orasida 2 nafar dodxoh (general), 7 nafar ponsod (polkovnik), 2 nafar sobiq bek, 40 nafar mulla, 2 nafar mudarris bölgan. Ya'ni, A.q. aholining turli toifasi vakillarini qamrab olgan tom ma'nodagi xalq qözğoloni bölgan.

    A.q. Turkiston hayotida tasodifiy hodisa emas edi. Bunga qadar ham ölkada mustamlakaçilarga qarşi boş kötarilgan. A.q. 19-a.ning sönggi çoragidagi eng kuçli ozodlik kuraşi edi. Ammo puxta tayyorgarlik körilmaganligi, harbiy imkoniyatlari zaifligi, keng doirada uyuşmaganligi tufayli mağlubiyatga uçradi. Qözğolonning tarixiy ahamiyati şundaki, u mazlum xalqning siyosiy ongi va kuraş tajribasining ösişida muhim rol uynadi. Garçand A.Q- tor-mor etilgan bölsada, lekin özbek xalqining mustaqillik va ozodlik uçun olib borgan kuraşlarining eng yorqin namunalaridan biri bölib qoldi. Mustaqillikning dastlabki yillarida Andijon ş.ning Mirpöstin va Navoiy köçalari orasidagi köçaga (avvalgi Yangi Öş köçasi) «Dukçi Eşon» nomi berildi.

    Ad.Fozilbek Otabek öğli, Dukçi Eşon voqeasi, T., 1992; Egamnazarov A., Siz bilgan Dukçi Eşon, T., 1994; Özbekistonning yangi tarixi, birinçi kitob [Turkiston çor Rossiyasi davrida], T., 2000.

    Dono Ziyayeva, Alinazar Egamnazarov.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АНДИЖОН ҚЎЗҒОЛОНИ (1898) -ўзбек халқининг мустамлакачилик ва миллий зулмга қарши озодлик ҳаракати. Дукчи Эшон қўзғолони (воқеаси) номи б-н ҳам машҳур. Унга Андижон уездининг Мингтепа қишлоғилик Муҳаммадали халфа Собир ўғли раҳбарлик қилган.

    Туркистонда Россия империясининг 19-а. иккинчи ярмида ўрнатган мустамлакачилик тузуми маҳаллий аҳолини сиёсий ҳуқуқлардан маҳрум этди, миллий, линий қадриятларини таҳқирлади, иқтисодини эса империя мақсадларига бўйсундириб, халқнинг турмуши, моддий аҳволини ёмонлаштириб, қашшоқланишига олиб келди. Айниқса Фарғонада Россия саноати учун зарур бўлган пахта хом ашёсини етиштиришга зўр берилиши натижасида вилоятдаги аҳоли ҳаёти ниҳоятда оғирлашди. Оғир меҳнат шароитида етиштириладиган пахта хом ашёси арзимас нархда сотиб олиниб, Россияга олиб кетилар, деҳқон эса бундан дуруст моддий манфаат кўрмай, аксинча, турли хил оғир солиқ, тўлов ва қарзлар исканжасида йил сайин қаш-шоқлашиб борарди. Вилоятда пахта экин майдонларининг тез суръат б-н ўсиб бориши ғалла маҳсулотлари, бурдой етиштиришни кескин камайишига, аҳолини четдан келадиган ғаллага қарам бўлишига олиб келди. Россиядан келтирилган юқори нархдаги буғдойни сотиб олиб, истеъмол қилишга эса қашшоқлашган деҳқонларнинг қурби етмай, аҳволлари янада оғирлашди.

    Чоризмнинг нафақат иқтисодий, балки ижтимоий, сиёсий, миллий зул-ми ҳам чексиз эди. Сиёсий ҳуқуқлардан маҳрум этилган аҳоли ўлкани идора қилиш ишига мутлақо яқинлаштирилмасди. Маориф, тиббий хизмат, ободончилик ишлари қаровсиз ҳолда бўлиб, мустабид маъмурият бунга мут-лақо маблағ ажратмасди. Маҳаллий аҳамиятга молик сарфхаражатлар аҳоли зиммасига юклатилганди. Ҳукмрон миллат вакиллари алоҳида имконият ва ҳуқукларга эга бўлган ҳолда маҳаллий аҳоли ҳуқуқсизлик, зулм ва зўравонликдан азоб чекарди. Бунинг устига маҳаллий аҳолининг унумдор ерлари Россиядан кўчириб келтирилган деҳқонларга тортиб олиб берилган бўлиб, ер-сув муносабатлари масаласида ҳам адолатсизлик авжига чиққанди.

    Чоризм ҳукмронлиги даврида ўлкада мустамлакачилар турмуш тарзи орқали кириб келган маишатпарастлик, қиморбозлик, ичкиликбозлик сингари иллатлар маҳаллий аҳолининг маънавий-ахлоқий руҳияти, қадриятларига путур етказа бошлаганди. Бу иллатларнинг барчаси бир бўлиб маҳаллий халқнинг мустамлакачиларга нисбатан нафратини ошириб, миллий, инсоний ғурури, нафсониятини таҳқирлаб, буларга чек қўйиш истаги кун сайин авж олиб борган, миллий озодлик туйғулари жунбушга келган.

    Қўзғолондан 3 йил олдин — 1895 й.да Муҳаммадали эшон Марғилон, Ўш уездларида лавозимини қайта тиклади. Шундан сўнг қишлоқларда икки ҳокимиятчиликни эслатадиган бир ҳолат юзага келади — халққа бир томондан мустабид чоризм ҳукумати вакили бўлган волость бошлиғи, иккинчи томондан оддий халқ хоҳиш-иродасини ифодалаган раис раҳбарлик қила бошлайди. Бу ҳолат мустамлакачи маъмурлар б-н халқ ўртасидаги муносабатларни янада кескинлаштиради. Мустамлакачилар зулмидан эзилган халқ Дукчи Эшонга мурожаат қилиб эрк учун муқаддас курашга фатво беришини ҳамда бу курашга раҳнамолик қилишини сўрайди. Халқ норозилигининг жиловлаб булмаидиган даражада кучайиб кетганлигини кўрган Дукчи (Муҳаммадали) Эшон уйида Фарғона вилоятининг турли бўлисларидан келган вакиллар иштирокида махсус кенгаши бўлади. Шу кенгашда Муҳаммадали эшон йиғилганларни мустамлакачиларга қарши бош кўтаришга, уларни юртдан ҳайдаб, она Ватан мустақиллигини тиклаш учун курашга чақиради. Кўпчилик бу таклифни маъ-қуллайди. Кенгашда Муҳаммадали Эшон маълум қилган режага биноан мустабид ҳукуматнинг водийдаги 3 шаҳар — Андижон, Марғилон ва Ўшда жойлашган ҳарбий лагерларига бир кунда ҳужум қилишга, бу ҳужум муваффақиятли тугаса, Қўқонда ҳам қўзғолон кўтаришга келишилади. Марғилондаги ҳарбий лагерга Иноятхон Тўра, Ўшдаги ҳарбий лагерга Умарбек додхоҳ, Андижондаги ҳарбий лагерга эса Муҳаммадали эшон бошчилигида ҳужум қилиниши керак эди. 1898 й. 17 май куни Муҳаммадали эшон халққа мурожаат килиб, уларни мустамлакачиларга қарши қўзғолон кўтаришга даъват этади. Қўзғолончилар Муҳаммадали эшон бошчилигида Мингтепадан Андижон ш. томон йўл олишади. Йўл-йўлакай қўзғолончилар сафи тўлиб бориб, шаҳарга яқинлашганларида уларнинг сони 2000 га етади. Шаҳар яқинида Муҳаммадали эшон ўз жангчиларини охирги марта кўрикдан ўтказади. У қўзғолончиларни 5 қисмга бўлиб, ҳар қайси қисмга биттадан байроқ беради. ғарбий лагерга қилинадиган ҳужум олдидан сўнгги нутқини сўзлайди. У қўзғолончиларни охирги дақиқаларгача ўз қасамёдига содиқ қолишга, Ватан озодлиги учун муқаддас курашга даъват этди. Сўнгра қўзғолончилар Андижон ҳарбий лагерига ҳужум қиладилар. Тўқнашув пайтида ҳарбий гарнизон жангчиларидан 22 киши ўлдирилди, 24 аскар ярадор бўлди. Ярим соат давом этган қаттиқ жангдан сўнг жанговар тайёргарлиги дуруст бўлмаган ва қурол-яроғи ночор қўзғолончилар гуруҳи тўқнашув жойида ўлган 11 нафар ва ярадор бўлган 8 нафар одамларини қолдириб чекинишади.

    Марғилон ва Ўш уездларидаги ҳарбий гарнизонларга ҳужум уюштириш режалари эса амалга ошмай қолади, чунки чор амаддорлари бундан хабар топиб, мудофаа учун зарур чораларни кўриб улгурадилар. Ўш уездида мустабид ҳукуматга сотилган хоин — уезд мингбошиси Қорабек Ҳасанов ўз халқига хиёнат қилиб, мустамлакачиларнинг ҳарбий кучларига қарши тайёрланаётган ҳужум ҳақида подполковник Зайцевга хабар етказади. Бу воқеадан хабар топган Умарбек додхоҳ яхши қуролланмаган халқни қуролланган, шай турган ҳарбийларга қарши қўзғолонга бошлашга журъат этмайди.

    Марғилон ҳарбий лагерига ҳужум ҳам амалга ошмади. 17 май куни кечқурун белгиланган жойга одам тўпланмади. Бунинг устига шу куни якшанба, яъни дам олиш куни бўлиб, ҳарбий лагерда қандайдир маросим бўлаётганди. Бундай вазиятда ҳужум бошлаш хатарли эди. Шу боис Иноятхон Тўра ўз одамлари б-н Андижонга жўнаб кетган қўзғолончиларни қувиб етиб, улар сафига қўшилади.

    Қўзғолон ҳақидаги хабарлар Наманган уезди ва Еттисув вилоятига ҳам етиб борди ва бу ердаги аҳоли томонидан қўллаб-қувватланди. Еттисув вилоятининг Авлиёота уездида Шодибек халфа исмли эшон бошчилигида тўпланган юздан ортиқ одамлар довонлар қордан бироз тозалангач, Андижон томон ҳаракат қилдилар. Бундан хабар топган мустабид ҳукумат қўшинлари Наманган ва Андижондан уларга қарши юрдилар ва орадан беш кун ўтгач, Шодибек халфани 23 нафар одами б-н қўлга оддилар. Наманганда ҳарбийлар яширин равишда тоғ сўқмоқларини кезиб, 29 нафар қўзғолончини, шулар қатори 4 бошлиғини ҳам ушлашди. Ўша кунларда Еттисув вилоятининг Пржевальск ва Бишкек уездларида, Сирдарё вилоятининг Ховос темир йўл бекатида ҳам миршаблар б-н маҳаллий аҳоли ўртасида қуролли тўқнашувлар бўлиб ўтди.

    Андижондаги қўзғолондан хабар топган Чор Россияси ҳукмдори Николай II қўзғолончилардан шафқатсиз ўч олишни буюради. Бу ишга раҳбарлик қилиш ўта шовинист сифатида донг таратган Сирдарё вилояти ҳарбий губернатори А.И. Корольковга топширилади. Мустамлакачилар А.қ. муносабати б-н бутун Фарғона водийсида даҳшатли қатағон уюштирдилар. Биринчи навбатда қўзғолон раҳбари Муҳаммадали эшон ва унинг яқин маслақдошларидан 5 нафари 1898 й. 12 июнда Андижон ш. марказида бутун водий жамоатчилигининг 8 мингга яқин вакили кўз ўнгида осиб ўлдирилди. Кейин бошқалар жазоланди. Қўзғолончилардан 18 нафари осиб ўлдиришга ҳукм қилинди. 344 нафари 4 йилдан 20 йилгача муддатга, 3 нафари умрбод каторгага, 8 нафари турли муддатга қамоқ жазосига ҳукм қилиндилар. 18 киши Сибирга сургун қилинди. Жами 388 киши жазоланди. Қўзғолон маркази бўлган Мингтепа, Қашғар, Тожик қишлоқлари уч кун тўплардан ўққа тутилиб, култепага айлантирилди.

    Жазога тортилган қўзғолончиларнинг ижтимоий таркиби таҳлилидан маълум бўлишича, уларнинг кўпчилиги деҳқон ва ҳунармандлардан иборат бўлиб, сардорлари орасида 2 нафар додхоҳ (генерал), 7 нафар понсод (полковник), 2 нафар собиқ бек, 40 нафар мулла, 2 нафар мударрис бўлган. Яъни, А.қ. аҳолининг турли тоифаси вакилларини қамраб олган том маънодаги халқ қўзғолони бўлган.

    А.қ. Туркистон ҳаётида тасодифий ҳодиса эмас эди. Бунга қадар ҳам ўлкада мустамлакачиларга қарши бош кўтарилган. А.қ. 19-а.нинг сўнгги чорагидаги энг кучли озодлик кураши эди. Аммо пухта тайёргарлик кўрилмаганлиги, ҳарбий имкониятлари заифлиги, кенг доирада уюшмаганлиги туфайли мағлубиятга учради. Қўзғолоннинг тарихий аҳамияти шундаки, у мазлум халқнинг сиёсий онги ва кураш тажрибасининг ўсишида муҳим роль уйнади. Гарчанд А.Қ- тор-мор этилган бўлсада, лекин ўзбек халқининг мустақиллик ва озодлик учун олиб борган курашларининг энг ёрқин намуналаридан бири бўлиб қолди. Мустақилликнинг дастлабки йилларида Андижон ш.нинг Мирпўстин ва Навоий кўчалари орасидаги кўчага (аввалги Янги Ўш кўчаси) «Дукчи Эшон» номи берилди.

    Ад.Фозилбек Отабек ўғли, Дукчи Эшон воқеаси, Т., 1992; Эгамназаров А., Сиз билган Дукчи Эшон, Т., 1994; Ўзбекистоннинг янги тарихи, биринчи китоб [Туркистон чор Россияси даврида], Т., 2000.

    Доно Зияева, Алиназар Эгамназаров.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.