Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Androsteronlar

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 518-b. — ziyouz.com

    Androsteronlar (yun. andros -erkak va stereo — baquvvat qilaman) — siydik b-n taşqariga çiqadigan erkak jinsiy gormoni — testosteronning özgarişi natijasida hosil böladigan organik moddalar; şu gormonga öxşaş ta'sir etadi. A. ning siydikdagi konsentratsiyasini aniqpaş endokrin bez kasalliklari diagnostikasida muhim ahamiyatga ega.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АНДРОСТЕРОНЛАР (юн. andros -эркак ва stereo — бақувват қиламан) — сийдик б-н ташқарига чиқадиган эркак жинсий гормони — тестостероннинг ўзгариши натижасида ҳосил бўладиган органик моддалар; шу гормонга ўхшаш таъсир этади. А. нинг сийдикдаги концентрациясини аниқпаш эндокрин без касалликлари диагностикасида муҳим аҳамиятга эга.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.