Angiografiya
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 476-b. — ziyouz.com
Angiografiya (angio... va ...grafiya) — qon va limfa tomirlariga kontrast (soya tuşiradigan va organizm uçun bezarar) modda yuborib, rentgenologik usul b-n ular suratini oliş. A. kon va limfa tomirlari kasalliklarini, şuningdek ba'zi a'zolar (miya, yurak, öpka va b.)dagi kasalliklarni qon tomirlaridagi özgarişlarga qarab aniqlaşda qöllaniladi. A.ning angiokardiografiya, angiopulmonografiya, aortografiya, vazografiya, limfografiya va b. turlari mavjud.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
АНГИОГРАФИЯ (ангио... ва ...графия) — қон ва лимфа томирларига контраст (соя туширадиган ва организм учун безарар) модда юбориб, рентгенологик усул б-н улар суратини олиш. А. кон ва лимфа томирлари касалликларини, шунингдек баъзи аъзолар (мия, юрак, ўпка ва б.)даги касалликларни қон томирларидаги ўзгаришларга қараб аниқлашда қўлланилади. А.нинг ангиокардиография, ангиопульмонография, аортография, вазография, лимфография ва б. турлари мавжуд.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.