Angioma
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 476-b. — ziyouz.com
Angioma (angio... va yun. ota — ösma) — qon yoki limfa tomirlarida paydo böladigan xavfsiz ösma. Odatda, bolaning ona qornidagi davrida tomirlarning notöğri ösişidan vujudga keladi. Köpinça terida (yuz yoki badandagi nor), ba'zan jigar, miya va b. a'zo hamda töqimalarda uçraydi. Kapillyar, govaksimon va şoxsimon A. böladi. Elektrokoagulyatsiya, rentgen va radioaktiv nurlar hamda jarrohlik usuli b-n yöqotiladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
АНГИОМА (ангио... ва юн. ота — ўсма) — қон ёки лимфа томирларида пайдо бўладиган хавфсиз ўсма. Одатда, боланинг она қорнидаги даврида томирларнинг нотўғри ўсишидан вужудга келади. Кўпинча терида (юз ёки бадандаги нор), баъзан жигар, мия ва б. аъзо ҳамда тўқималарда учрайди. Капилляр, говаксимон ва шохсимон А. бўлади. Электрокоагуляция, рентген ва радиоактив нурлар ҳамда жарроҳлик усули б-н йўқотилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.