Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Angiospazm

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 476-b. — ziyouz.com

    Angiospazm (angio... va yun. spasmos — tortaman) — mayda arteriyalar, arteriolalar va kapillyarlarning torayişi (spazmi). Tomir muskul qavatining qisqarişi oqibatida röy beradi. Natijada töqima va a'zolarga qon kam keladi va tegişli töqimalarda işemiya rivojlanadi. A. qaysi a'zodaligiga qarab, boş oğriği, tomir tortişişi kabi alomatlar b-n ötadi. Köpinça gipertoniya kasalligi va nevrozlarda uçraydi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АНГИОСПАЗМ (ангио... ва юн. spasmos — тортаман) — майда артериялар, артериолалар ва капиллярларнинг торайиши (спазми). Томир мускул қаватининг қисқариши оқибатида рўй беради. Натижада тўқима ва аъзоларга қон кам келади ва тегишли тўқималарда ишемия ривожланади. А. қайси аъзодалигига қараб, бош оғриғи, томир тортишиши каби аломатлар б-н ўтади. Кўпинча гипертония касаллиги ва неврозларда учрайди.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.