Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Angler qoramol zoti

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 477-b. — ziyouz.com

    Angler qoramol zoti ANGLER (ANGEL) QORAMOL ZOTI — suti uçun boqiladigan zot. Zot haqidagi ma'lumotlar 16-a.ga töğri keladi. Suyagi noziq, tanasi çöziq, sutdorlik belgilari yaxşi rivojlangan, tusi qizil. Buqalarining tirik vazni 850—1000 kg, sigirlariniki 500—580 kg. Yiliga 4000—4500 kg sut beradi, sutining yoğligi 4,5—4,6%. Asosan Ğarbiy Yevropa mamlakatlarida boqiladi. A.q.z. qizil daniya zotini u orqali qönğir latiş, qizil eston, qizil litva, qizil daşt zotlarini çiqarişda asos bölgan. Ukraina, Rossiya, qisman Özbekistondagi xöjaliklarda ham boqiladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АНГЛЕР (АНГЕЛЬ) ҚОРАМОЛ ЗОТИ — сути учун боқиладиган зот. Зот ҳақидаги маълумотлар 16-а.га тўғри келади. Суяги нозиқ, танаси чўзиқ, сутдорлик белгилари яхши ривожланган, туси қизил. Буқаларининг тирик вазни 850—1000 кг, сигирлариники 500—580 кг. Йилига 4000—4500 кг сут беради, сутининг ёғлиги 4,5—4,6%. Асосан Ғарбий Европа мамлакатларида боқилади. А.қ.з. қизил дания зотини у орқали қўнғир латиш, қизил эстон, қизил литва, қизил дашт зотларини чиқаришда асос бўлган. Украина, Россия, қисман Ўзбекистондаги хўжаликларда ҳам боқилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.