Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Angliya-Fransiya-Isroilning Misrga qarşi agressiyasi

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 480-b. — ziyouz.com

    Angliya-Fransiya-Isroilning Misrga qarşi agressiyasi (1956) — Suvayş kanalini bosib oliş maqsadida uyuştirilgan bosqinçilik. 29 okt.da Isroil qöşinlari Misr hududiga bostirib kirdi; 31 okt.da ingliz va fransuz kurolli kuçlari Misrni bombardimon qildi va 5 noyab.da Port Sayd atrofiga qöşin tuşirdi. Sobiq SSSR, AQŞ va BMT tomonidan körilgan ogohlantiruvçi çora-tadbirlar Buyuk Britaniya va Fransiyani 1956 y. dek.da, Isroilni esa 1957 y. martda öz qöşinlarini Misrdan olib çiqib ketişga majbur qildi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АНГЛИЯ-ФРАНЦИЯ-ИСРОИЛНИНГ МИСРГА ҚАРШИ АГРЕССИЯСИ (1956) — Сувайш каналини босиб олиш мақсадида уюштирилган босқинчилик. 29 окт.да Исроил қўшинлари Миср ҳудудига бостириб кирди; 31 окт.да инглиз ва француз куролли кучлари Мисрни бомбардимон қилди ва 5 нояб.да Порт Сайд атрофига қўшин туширди. Собиқ СССР, АҚШ ва БМТ томонидан кўрилган огоҳлантирувчи чора-тадбирлар Буюк Британия ва Францияни 1956 й. дек.да, Исроилни эса 1957 й. мартда ўз қўшинларини Мисрдан олиб чиқиб кетишга мажбур қилди.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.