Ankilostomidoz
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 529-b. — ziyouz.com
Ankilostomidoz — odam içagida parazitlik qiladigan yumaloq çuvalçanglar — ankilostomidlar qözğatadigan gijja kasalligi. Issiq iqlim kasalliklaridan. A. belgilari kasallik yuqqanidan 2—3 oy keyin namoyon böladi. Asosan me'da-içak faoliyati buzilib, darmonsizlik, mehnatga layoqatsizlik, ba'zan oğir şakldagi kamqonlik, boş aylanişi, boş oğriği, bolalarda jismoniy va akliy jihatdan ösişning orqada qolişi va b. kuzatiladi. Bemor kasalxonada davolanadi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
АНКИЛОСТОМИДОЗ — одам ичагида паразитлик қиладиган юмалоқ чувалчанглар — анкилостомидлар қўзғатадиган гижжа касаллиги. Иссиқ иқлим касалликларидан. А. белгилари касаллик юққанидан 2—3 ой кейин намоён бўлади. Асосан меъда-ичак фаолияти бузилиб, дармонсизлик, меҳнатга лаёқатсизлик, баъзан оғир шаклдаги камқонлик, бош айланиши, бош оғриғи, болаларда жисмоний ва аклий жиҳатдан ўсишнинг орқада қолиши ва б. кузатилади. Бемор касалхонада даволанади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.