Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Anomozamit

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 533-b. — ziyouz.com

    Anomozamit (Anomozamites) — bennettitlar oilasiga mansub qadimiy ösimliklar turkumi. Hoz. vaqtda faqat barg qoldiqlari (qazilma holda) uçraydi. Barglari yirik va patsimon, yaproğining örta qismi segmentlarga bölingan. Hoz. gaça A. ning 20 dan ortiq turi aniqlangan. Ular Pomir, Zarafşon toğlari, Farğona vodiysining jan., şim., şarqiy hududlari, Hisor toğlari, Turkmaniston, Qoratov, Manğişloq, Jan. Qozoğiston, Issiqköl va b. joylarning yura hamda Şim. Germaniya, Şpitsbergen, Grenlandiyaning bör qatlamlaridan topilgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АНОМОЗАМИТ (Anomozamites) — беннеттитлар оиласига мансуб қадимий ўсимликлар туркуми. Ҳоз. вақтда фақат барг қолдиқлари (қазилма ҳолда) учрайди. Барглари йирик ва патсимон, япроғининг ўрта қисми сегментларга бўлинган. Ҳоз. гача А. нинг 20 дан ортиқ тури аниқланган. Улар Помир, Зарафшон тоғлари, Фарғона водийсининг жан., шим., шарқий ҳудудлари, Ҳисор тоғлари, Туркманистон, Қоратов, Манғишлоқ, Жан. Қозоғистон, Иссиқкўл ва б. жойларнинг юра ҳамда Шим. Германия, Шпицберген, Гренландиянинг бўр қатламларидан топилган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.