Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Antigormonlar

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 548-b. — ziyouz.com

    Antigormonlar (anti ... va yun. hormon — qitiqlayman, tebrataman) — organizmga oqsil tabiatli gormonlar (mas, gipofizning oqsil gormonlari) uzoq, muddat kiritilganda işlanib çiqadigan öziga xos moddalar. Ularning hosil bölişi yot oqsillar kiritişga javoban röy beruvçi immunologik reaksiyadir. A. organizmni himoya qilib turadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АНТИГОРМОНЛАР (анти ... ва юн. hormon — қитиқлайман, тебратаман) — организмга оқсил табиатли гормонлар (мас, гипофизнинг оқсил гормонлари) узоқ, муддат киритилганда ишланиб чиқадиган ўзига хос моддалар. Уларнинг ҳосил бўлиши ёт оқсиллар киритишга жавобан рўй берувчи иммунологик реакциядир. А. организмни ҳимоя қилиб туради.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.