Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Antipodlar

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 555-b. — ziyouz.com

    Antipodlar (anti ... va lot. podes -oyoq) — 1. Yer kurrasining bir-biriga tamomila qarama-qarşi nuqtalarida yaşaydigan jonivorlar. 2. Uruğli ösimliklarning murtak xaltaçasida jinsiy apparatning qarama-qarşi tomonida joylaşgan hujayralar. 3. (Köçma ma'noda) qaraşlari yoki mijozlari qarama-qarşi bölgan, bir-biridan tubdan farq qiladigan kişilar.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АНТИПОДЛАР (анти ... ва лот. podes -оёқ) — 1. Ер куррасининг бир-бирига тамомила қарама-қарши нуқталарида яшайдиган жониворлар. 2. Уруғли ўсимликларнинг муртак халтачасида жинсий аппаратнинг қарама-қарши томонида жойлашган ҳужайралар. 3. (Кўчма маънода) қарашлари ёки мижозлари қарама-қарши бўлган, бир-биридан тубдан фарқ қиладиган кишилар.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.