Antonin Dvorjak
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 134-b. — ziyouz.com
Dvorjak Antonin DVORJAK (Dvorak) Antonin (1841.8.9, Praga yaqinidagi Nelagozeves qişloği — 1904.1.5, Praga) — çex kompozitori, milliy kompozitorlik maktabi asosçilaridan. Çexiya fan va san'at akademiyasining a'zosi (1890), Praga konservatoriyasining prof. (1891) va direktori (1901 y.dan). Nyu-Yorkdagi milliy konservatoriya direktori (1892—95). D. merosida 10 opera (1870—1903), 9 simfoniya (1865— 93), simfonik poemalar, bir neçta kamer va xor asarlari mavjud. Vokalsimfonik ijodida «Avliyo Lyudmila» oratoriyasi (1886), «Madhiya» kantatasi (1873) alohida örin tutadi. «Yangi dunyodan» nomli 9-simfoniyasi (1893)da D. Yevropa simfonizm» an'analarini yangi — çex va Amerika xalqlari kuy va usullari b-n boyitdi. D. ijodi çex mumtoz kompozitorlik ijodiyotining eng yuqori çöqqisidir. Yorqin milliy ruh b-n suğorilgan, xilma-xil kuy va ritmlarga boy D. musiqasi özining hayotbaxşligi, romantik jöşqinligi b-n ajralib turadi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ДВОРЖАК (Dvorak) Антонин (1841.8.9, Прага яқинидаги Нелагозевес қишлоғи — 1904.1.5, Прага) — чех композитори, миллий композиторлик мактаби асосчиларидан. Чехия фан ва санъат академиясининг аъзоси (1890), Прага консерваториясининг проф. (1891) ва директори (1901 й.дан). Нью-Йоркдаги миллий консерватория директори (1892—95). Д. меросида 10 опера (1870—1903), 9 симфония (1865— 93), симфоник поэмалар, бир нечта камер ва хор асарлари мавжуд. Вокалсимфоник ижодида «Авлиё Людмила» ораторияси (1886), «Мадҳия» кантатаси (1873) алоҳида ўрин тутади. «Янги дунёдан» номли 9-симфонияси (1893)да Д. Европа симфонизм» анъаналарини янги — чех ва Америка халқлари куй ва усуллари б-н бойитди. Д. ижоди чех мумтоз композиторлик ижодиётининг энг юқори чўққисидир. Ёрқин миллий руҳ б-н суғорилган, хилма-хил куй ва ритмларга бой Д. мусиқаси ўзининг ҳаётбахшлиги, романтик жўшқинлиги б-н ажралиб туради.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.