Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Apoxromat

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 580-b. — ziyouz.com

    Apoxromat (yun. aro — bu yerda kiçraytirişni bildiradigan odd qöşimça va chroma — rang) — kuzatilayotgan narsaning obyektiv optik öqida yotgan nuqtasidan kelayotgan nurlarning xromatik aberratsiyasi (buyumning böyalib körinişi)ni axromatik obyektivlarga (q. Axromat) qaraganda tölaroq bartaraf qiluvçi optik tizim (obyektiv). A. obyektivlar optik öqqa çeksiz yaqin nurlarning aniq bir nuqtaga tuşişini ta'minlaydi.

    Q.: Axromat

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АПОХРОМАТ (юн. аро — бу ерда кичрайтиришни билдирадиган одд қўшимча ва chroma — ранг) — кузатилаётган нарсанинг объектив оптик ўқида ётган нуқтасидан келаётган нурларнинг хроматик аберрацияси (буюмнинг бўялиб кўриниши)ни ахроматик объективларга (қ. Ахромат) қараганда тўлароқ бартараф қилувчи оптик тизим (объектив). А. объективлар оптик ўққа чексиз яқин нурларнинг аниқ бир нуқтага тушишини таъминлайди.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.