Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Aqiq

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 852-b. — ziyouz.com

    Aqiq AQIQ, agat — mineral. Xalsedonning bir turi, katlamli yoki yöl-yöl böladi. Qatlamlarda ranglarning har xil uyğunlikda kelişiga karab quyidagi xillari farqlanadi: agat oniksi (oq va kora qatlamlar), karneol oniksi (qizil va oq), sardoniks (kizil-qönğir va oq), agatlar (zangori-kulrang va ok). Kimyoviy formu-lasi SiO2. A.dan har xil marjonlar, taqinçoqlar yasaladi, sanoatda esa hovonça, hovonça dastasi, tarozi prizmalari, elektr va suv ölçov asboblarining tagligi, könçilik sanoatida dazmollaş ğaltaklari va b. işlanadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АҚИҚ, агат — минерал. Халцедоннинг бир тури, катламли ёки йўл-йўл бўлади. Қатламларда рангларнинг ҳар хил уйғунликда келишига караб қуйидаги хиллари фарқланади: агат оникси (оқ ва кора қатламлар), карнеол оникси (қизил ва оқ), сардоникс (кизил-қўнғир ва оқ), агатлар (зангори-кулранг ва ок). Кимёвий форму-ласи SiO2. А.дан ҳар хил маржонлар, тақинчоқлар ясалади, саноатда эса ҳовонча, ҳовонча дастаси, тарози призмалари, электр ва сув ўлчов асбобларининг таглиги, кўнчилик саноатида дазмоллаш ғалтаклари ва б. ишланади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.