Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Aqoqiyo

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 854-b. — ziyouz.com

    Aqoqiyo AQOQIYO, arab yelimi, gummiarabik — asosan Afrika va Arabistonda ösadigan akatsiyadan olinadigan yelim. Oçiq havoda şaffof, mört modda bölib qotadi, suvda erib, yopişqoq quyqa hosil qiladi. A., asosan, arabinat kislotaning kaliy, kalsiy va b. tuzlari qotişmasidir. Şarq tabobatida, jumladan Örta Osiyo tabobatida juda qadimdan dori sifatida işlatilgan. Tibbiyotda emulsiya, tabletka, habdori tayyorlaşda, sanoatda gaz-mollarni ohorlaş, turli böyoqlar tayyorlaşda qöllaniladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АҚОҚИЁ, араб елими, гуммиарабик — асосан Африка ва Арабистонда ўсадиган акациядан олинадиган елим. Очиқ ҳавода шаффоф, мўрт модда бўлиб қотади, сувда эриб, ёпишқоқ қуйқа ҳосил қилади. А., асосан, арабинат кислотанинг калий, кальций ва б. тузлари қотишмасидир. Шарқ табобатида, жумладан Ўрта Осиё табобатида жуда қадимдан дори сифатида ишлатилган. Тиббиётда эмульсия, таблетка, ҳабдори тайёрлашда, саноатда газ-молларни оҳорлаш, турли бўёқлар тайёрлашда қўлланилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.