Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Arab Muhammadxon madrasasi

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 585-b. — ziyouz.com

    Arab Muhammadxon madrasasi — Içan qal'a ansamblidagi me'moriy yodgorlik (1616, 1838). Arab Muhammadxon madrasani dastlab bir qavatli, oddiy sinçli, trapetsiya şaklida qilib qurdirgan. Serhaşam işlangan ayvon Xiva muzeyida saqlangan. Olloqulixon davrida Madrasa binosi murabba tarxli, peştoq va gumbazli qilib qayta qurilgan. Boş tarzidagi masjid va hujralar ikki qavatli, ikki burçagida guldastalari bor. Qolgan tomonlaridagi hujralar bir qavatli. Hovli etagida oldi ayvonli masjid qurilgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АРАБ МУҲАММАДХОН МАДРАСАСИ — Ичан қалъа ансамблидаги меъморий ёдгорлик (1616, 1838). Араб Муҳаммадхон мадрасани дастлаб бир қаватли, оддий синчли, трапеция шаклида қилиб қурдирган. Серҳашам ишланган айвон Хива музейида сақланган. Оллоқулихон даврида Мадраса биноси мурабба тархли, пештоқ ва гумбазли қилиб қайта қурилган. Бош тарзидаги масжид ва ҳужралар икки қаватли, икки бурчагида гулдасталари бор. Қолган томонларидаги ҳужралар бир қаватли. Ҳовли этагида олди айвонли масжид қурилган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.