Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Arabov Muhammadqul Abduqodiroviç

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 590-b. — ziyouz.com

    Arabov Muhammadqul Abduqodiroviç (1921, Buxoro) — kinooperator. Özbekistonda xizmat körsatgan san'at arbobi (1965). Moskva davlat kinematografiya in-tining operatorlik f-tini tugatgan (1943). Moskvadagi Markaziy hujjatli filmlar kinostudiyasining harbiy kinooperatori bölib 1-Ukraina frontida xizmat qildi (1943 — 45). «Berlin» filmi va «Uluğ Vatan uruşi» kinoepopeyasiga A. suratga olgan jang lavhalaridan kadrlar kiritilgan. 1946 — 52 y.larda Sverdlovsk, 1953 — 62 y.larda Duşanba kinostudiyalarida, 1962 y.dan Özbekiston hujjatli va ilmiy-ommabop filmlar kinostudiyasida işlagan. Bir neça filmlarni suratga olgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АРАБОВ Муҳаммадқул Абдуқодирович (1921, Бухоро) — кинооператор. Ўзбекистонда хизмат кўрсатган санъат арбоби (1965). Москва давлат кинематография ин-тининг операторлик ф-тини тугатган (1943). Москвадаги Марказий ҳужжатли фильмлар киностудиясининг ҳарбий кинооператори бўлиб 1-Украина фронтида хизмат қилди (1943 — 45). «Берлин» фильми ва «Улуғ Ватан уруши» киноэпопеясига А. суратга олган жанг лавҳаларидан кадрлар киритилган. 1946 — 52 й.ларда Свердловск, 1953 — 62 й.ларда Душанба киностудияларида, 1962 й.дан Ўзбекистон ҳужжатли ва илмий-оммабоп фильмлар киностудиясида ишлаган. Бир неча фильмларни суратга олган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.