Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Aragonit

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 594-b. — ziyouz.com

    Aragonit — karbonatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi CaCOj. Köpinça SrCO3 birikmasi aralaşgan böladi. Qattiqligi, 3,5 — 4. S.oğ 2,9 — 3. Rangi oq, kulrang, binafşa rangdan qoragaça. Kristallari ignasimon, agregatlari tarmoqlangan. Xillari: konxit — marvarid (xitin b-n birga) va mollyuskalar çiğanoğining sadaf qatlami tarkibining asosiy qismi; nöxattoş — A.ning sementlaşgan oolitlari. Gidrotermal va gipergen yöl b-n hosil böladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АРАГОНИТ — карбонатлар синфига мансуб минерал. Кимёвий формуласи CaCOj. Кўпинча SrCO3 бирикмаси аралашган бўлади. Қаттиқлиги, 3,5 — 4. С.оғ 2,9 — 3. Ранги оқ, кулранг, бинафша рангдан қорагача. Кристаллари игнасимон, агрегатлари тармоқланган. Хиллари: конхит — марварид (хитин б-н бирга) ва моллюскалар чиғаноғининг садаф қатлами таркибининг асосий қисми; нўхаттош — А.нинг цементлашган оолитлари. Гидротермал ва гиперген йўл б-н ҳосил бўлади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.