Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Aralaş köpaytma

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 597-b. — ziyouz.com

    Aralaş köpaytma - uçta (a, b, s) vektorga mos qöyilgan son. U ikkita (a, b) vektorlarning vektor köpaytmasi uçinçi (s) vektor b-n skalyar köpaytmasiga teng. A.k. (a, b) s kabi belgilanadi. A.k. skalyar son bölib, uning işorasi a, b, s vektorlari b-n koordinata vektorlarning oriyentatsiyalari bir xil bölganda musbat, aks holda esa manfiy böladi. A.k. qiymati geometrik nuqtai nazardan a, b, s vektorlarga yasalgan parallelepi-pedning hajmiga teng.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АРАЛАШ КЎПАЙТМА - учта (а, b, с) векторга мос қўйилган сон. У иккита (а, b) векторларнинг вектор кўпайтмаси учинчи (с) вектор б-н скаляр кўпайтмасига тенг. А.к. (а, b) с каби белгиланади. А.к. скаляр сон бўлиб, унинг ишораси а, b, с векторлари б-н координата векторларнинг ориентациялари бир хил бўлганда мусбат, акс ҳолда эса манфий бўлади. А.к. қиймати геометрик нуқтаи назардан а, b, с векторларга ясалган параллелепи-педнинг ҳажмига тенг.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.