Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Ararat

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 600-b. — ziyouz.com

    Ararat — Turkiyaning eng şarqiy çekkasidagi vulqonli massiv, Arake daryosi örta oqimining öng sohilida, Eron b-n Armaniston çegarasi yaqinida. Turkiyadagi eng baland çöqqi. Zamini birlaşib ketgan ikki boşli söngan vulqon konuslaridan — Katta A. (turkça Buyuk Agritoğ; bal. 5165 m) va Kiçik A. (bal. 3925 m)dan iborat. 30 ga yaqin kiçik muzliklar bor.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АРАРАТ — Туркиянинг энг шарқий чеккасидаги вулқонли массив, Араке дарёси ўрта оқимининг ўнг соҳилида, Эрон б-н Арманистон чегараси яқинида. Туркиядаги энг баланд чўққи. Замини бирлашиб кетган икки бошли сўнган вулқон конусларидан — Катта А. (туркча Буюк Агритоғ; бал. 5165 м) ва Кичик А. (бал. 3925 м)дан иборат. 30 га яқин кичик музликлар бор.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.