Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Argus

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 611-b. — ziyouz.com

    Argus — yunon afsonalaridagi köp közli pahlavon, sergak soqçi; közlarining bir neçasi doim oçiq bölgan. Gera sigirga aylantirilgan Io (Zevsning sevgilisi)ni qöriqlaşni A.ga topşiradi. Germes A.ning hamma közlarini uxlatib öldiradi va Ioni ozod qiladi. Köçma ma'noda — A. ziyrak, sergak demakdir.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АРГУС — юнон афсоналаридаги кўп кўзли паҳлавон, сергак соқчи; кўзларининг бир нечаси доим очиқ бўлган. Гера сигирга айлантирилган Ио (Зевснинг севгилиси)ни қўриқлашни А.га топширади. Гермес А.нинг ҳамма кўзларини ухлатиб ўлдиради ва Иони озод қилади. Кўчма маънода — А. зийрак, сергак демакдир.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.