Aristokratiya
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 619-b. — ziyouz.com
Aristokratiya (yun. aristokratia — yaxşilar hukmronligi) — 1) iqtisodiy hukmron sinf, zodagonlarning siyosiy hokimiyati, hukmronligi. A. birinçi marta antik davrning maşhur mutafakkirlari — Aristotel, Platon tomonidan quldorlik davlat tuzumini idora etiş vositasi sifatida işlab çiqilgan; 2) quldorlik va undan keyingi ilk davlatlarda eng imtiyozli tabaqa.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
АРИСТОКРАТИЯ (юн. aristokratia — яхшилар ҳукмронлиги) — 1) иқтисодий ҳукмрон синф, зодагонларнинг сиёсий ҳокимияти, ҳукмронлиги. А. биринчи марта антик даврнинг машҳур мутафаккирлари — Аристотель, Платон томонидан қулдорлик давлат тузумини идора этиш воситаси сифатида ишлаб чиқилган; 2) қулдорлик ва ундан кейинги илк давлатларда энг имтиёзли табақа.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.