Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Arktika mintaqasi

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 629-b. — ziyouz.com

    Arktika mintaqasi - Yerning tabiat mintaqasi. Arktikaning katta qismini öz içiga oladi. Quruqlikda Ar.m.ga arktika muz sahrolari zonasi kiradi. Dengizlari qalin muz b-n qoplanganligi b-n ajralib turadi. Ar.m. çegarasi eng iliq oy (iyul yoki avg.)ning 5° li izotermasiga töğri keladi. Arktika havo massalari hukmronlik qiladi. Arktika sovuq sahrolari landşaftlari tarqalgan bulib, iqlimi sovuq, yoppasiga abadiy muzloqlar b-n qoplangan, tuproqlari yaxşi rivojlanmagan, biologik va geokimyoviy jarayonlar juda sust.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АРКТИКА МИНТАҚАСИ - Ернинг табиат минтақаси. Арктиканинг катта қисмини ўз ичига олади. Қуруқликда Ар.м.га арктика муз саҳролари зонаси киради. Денгизлари қалин муз б-н қопланганлиги б-н ажралиб туради. Ар.м. чегараси энг илиқ ой (июль ёки авг.)нинг 5° ли изотермасига тўғри келади. Арктика ҳаво массалари ҳукмронлик қилади. Арктика совуқ саҳролари ландшафтлари тарқалган булиб, иқлими совуқ, ёппасига абадий музлоқлар б-н қопланган, тупроқлари яхши ривожланмаган, биологик ва геокимёвий жараёнлар жуда суст.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.