Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Armaturalangan oyna

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 637-b. — ziyouz.com

    Armaturalangan oyna - içiga metall tör (armatura) qöyilib tayyorlanadigan listli silikat oyna. Bino va inşootlarning yoruğlik tuşadigan teşiklari hamda ustki yopmalariga qoplaşda, yoruğlik ötkazuvçi pardevorlar, zinalarni, lift şaxtalarini tösiş va b.da işlatiladi. A.o. uzluksiz prokatlab tayyorlanadi. Zarb yoki yuqori t-ra ta'sirida maydalanib soçilmaydi. Armatura töri diametri 0,35 — 0,45 mm li simdan payvandlab yasaladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АРМАТУРАЛАНГАН ОЙНА - ичига металл тўр (арматура) қўйилиб тайёрланадиган листли силикат ойна. Бино ва иншоотларнинг ёруғлик тушадиган тешиклари ҳамда устки ёпмаларига қоплашда, ёруғлик ўтказувчи пардеворлар, зиналарни, лифт шахталарини тўсиш ва б.да ишлатилади. А.о. узлуксиз прокатлаб тайёрланади. Зарб ёки юқори т-ра таъсирида майдаланиб сочилмайди. Арматура тўри диаметри 0,35 — 0,45 мм ли симдан пайвандлаб ясалади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.