Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Arpabodiyon

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 642-b. — ziyouz.com

    Arpabodiyon (Anisum) — ziradoşlar oilasiga mansub bir yillik ötlar turkumi; 2 turi bor. Özbekistonda oddiy A. (A. Vulgare) ekiladi. Uning pastki barglari buyraksimon (yoki uç bölakli), yirik arra tişli, yuqoridagilari ipsimon bölakçalarga bölingan. Gullari mayda, oq, murakkab soyabonga töplangan. A.ning mevasi tarkibida 3,2%, ba'zan 6% gaça efir moyi va 28% gaça boşqa moylar bor. Efir moyi tarkibida 90% gaça anetol böladi. Mevasi va efir moyidan tayyorlangan preparatlar balğam köçiruvçi sifatida qöllaniladi. A. mevasi va efir moyi oziq-ovqat sanoatida işlatiladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АРПАБОДИЁН (Anisum) — зирадошлар оиласига мансуб бир йиллик ўтлар туркуми; 2 тури бор. Ўзбекистонда оддий А. (A. Vulgare) экилади. Унинг пастки барглари буйраксимон (ёки уч бўлакли), йирик арра тишли, юқоридагилари ипсимон бўлакчаларга бўлинган. Гуллари майда, оқ, мураккаб соябонга тўпланган. А.нинг меваси таркибида 3,2%, баъзан 6% гача эфир мойи ва 28% гача бошқа мойлар бор. Эфир мойи таркибида 90% гача анетол бўлади. Меваси ва эфир мойидан тайёрланган препаратлар балғам кўчирувчи сифатида қўлланилади. А. меваси ва эфир мойи озиқ-овқат саноатида ишлатилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.