Arslonquyruq
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 647–648-b. — ziyouz.com
Arslonquyruq (Leonurus L.) - yalpizdoşlar oilasiga mansub köp yillik va bir yillik ötlar turkumi. 14 turi ma'lum. Örta Osiyoda 4 turi ösadi. Yer ustki qismi tarkibida alkaloidlar, saponinlar — oşlovçi va b. moddalar bor. Damlama va nastoykasi yurak, gipertoniya kasalliklari, asabiylikda (tinçlantiruvçi dori sifatida) qöllaniladi. Toşkent Samarqand va Surxondaryo viloyatlaridagi toğli yerlarda 2 turi uçraydi. Şundan Turkiston A. (L.turcestanicus) ni xalq yuqoridagi kasalliklarni davolaşda işlatib kelgan.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
АРСЛОНҚУЙРУҚ (Leonurus L.) - ялпиздошлар оиласига мансуб кўп йиллик ва бир йиллик ўтлар туркуми. 14 тури маълум. Ўрта Осиёда 4 тури ўсади. Ер устки қисми таркибида алкалоидлар, сапонинлар — ошловчи ва б. моддалар бор. Дамлама ва настойкаси юрак, гипертония касалликлари, асабийликда (тинчлантирувчи дори сифатида) қўлланилади. Тошкент Самарқанд ва Сурхондарё вилоятларидаги тоғли ерларда 2 тури учрайди. Шундан Туркистон A. (L.turcestanicus) ни халқ юқоридаги касалликларни даволашда ишлатиб келган.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.