Arxeotsiatlar
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 666–667-b. — ziyouz.com
Arxeotsiatlar (Archeocyathida) -qirilib ketgan umurtqasiz jonivorlar turkumi. Böyi 6 — 8 sm, eni 1—2 sm. Kembriy davridagi dengizlarda yaşagan. A. ğuj bölib töplangan joylarda keyinça riflar vujudga kelgan. 100 m gaça çuqurlikdagi suv tubiga yopişib yaşagan. Yer yuzidan A. qariyb 400 turining qoldiqlari topilgan. Ular yordamida kembriy davri yotqiziqlari örganilib, ularning stratigrafik sxemasi tuziladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
АРХЕОЦИАТЛАР (Archeocyathida) -қирилиб кетган умуртқасиз жониворлар туркуми. Бўйи 6 — 8 см, эни 1—2 см. Кембрий давридаги денгизларда яшаган. А. ғуж бўлиб тўпланган жойларда кейинча рифлар вужудга келган. 100 м гача чуқурликдаги сув тубига ёпишиб яшаган. Ер юзидан А. қарийб 400 турининг қолдиқлари топилган. Улар ёрдамида кембрий даври ётқизиқлари ўрганилиб, уларнинг стратиграфик схемаси тузилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.