Asosiy ton
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 702–703-b. — ziyouz.com
Asosiy ton — 1) asosiy çastotalar hosil qilgan tovuş toni; har qanday tovuş manbai faqat asosiy çastotada tebranib qolmasdan, ayni vaqtda unga karrali bölgan yuqori çastotalar (garmonikalar)da ham tebranadi. Garmonikalarga tegişli tovuşlar obertonlar deyiladi. 2) Musiqada — tabiiy tovuşqatorning boşlanğiç (eng pastki) tovuşi; A. t. özidan hosil böladigan obertonlar (tovuş aks sadolari) uçun tayançlik vazifasini ötaydi. 3) Akkordning eng pastki tovuşi. 4) Musiqiy tuzuk(lad)ning boş poğonasi. Yana q. Tonika.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
АСОСИЙ ТОН — 1) асосий частоталар ҳосил қилган товуш тони; ҳар қандай товуш манбаи фақат асосий частотада тебраниб қолмасдан, айни вақтда унга каррали бўлган юқори частоталар (гармоникалар)да ҳам тебранади. Гармоникаларга тегишли товушлар обертонлар дейилади. 2) Мусиқада — табиий товушқаторнинг бошланғич (энг пастки) товуши; А. т. ўзидан ҳосил бўладиган обертонлар (товуш акс садолари) учун таянчлик вазифасини ўтайди. 3) Аккорднинг энг пастки товуши. 4) Мусиқий тузук(лад)нинг бош поғонаси. Яна қ. Тоника.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.