Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Asteroteka

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 713-b. — ziyouz.com

    Asteroteka (Asterotheca) - qirqquloqdoşlar oilasiga mansub sporali ösimliklar turkumi. Faqat qazilma holda uçraydi. Barglari murakkab, yirik va uç kar-ra patsimon. Sporali va sporasiz yaproqçalarining tuzilişi öxşaş. Qazilma holda A.ning sporali, sporasiz barglarining izlari va sporasi Örta Osiyo (Nurota, Hisor toğlari) va b. hududlarda topilgan. A.ning 15 ga yaqin turi ma'lum.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АСТЕРОТЕКА (Asterotheca) - қирққулоқдошлар оиласига мансуб спорали ўсимликлар туркуми. Фақат қазилма ҳолда учрайди. Барглари мураккаб, йирик ва уч кар-ра патсимон. Спорали ва спорасиз япроқчаларининг тузилиши ўхшаш. Қазилма ҳолда А.нинг спорали, спорасиз баргларининг излари ва спораси Ўрта Осиё (Нурота, Ҳисор тоғлари) ва б. ҳудудларда топилган. А.нинг 15 га яқин тури маълум.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.