Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Aterov

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 743-b. — ziyouz.com

    Aterov (1992 y.gaça Guryev) — Kozoğiston Respublikasidagi şahar, Aterov viloyati markazi. Ural daryosidagi port. Aholisi 153 ming kişidan ziyod (1999). T.y. stansiyasi. Neftni qayta işlaş va kimyo sanoati rivojlangan. Maşinasozlik sanoati korxonalari, göşt k-ti, pedagogika in-ti, tarix-ölkaşunoslik muzeyi, drama teatri bor. 1640 y. asos solingan va Rossiya hukumatining keyinroq Örta Osiyoga bosqinçilik yurişlarida tayanç istehkomlaridan biri bölgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АТЕРОВ (1992 й.гача Гурьев) — Козоғистон Республикасидаги шаҳар, Атеров вилояти маркази. Урал дарёсидаги порт. Аҳолиси 153 минг кишидан зиёд (1999). Т.й. станцияси. Нефтни қайта ишлаш ва кимё саноати ривожланган. Машинасозлик саноати корхоналари, гўшт к-ти, педагогика ин-ти, тарих-ўлкашунослик музейи, драма театри бор. 1640 й. асос солинган ва Россия ҳукуматининг кейинроқ Ўрта Осиёга босқинчилик юришларида таянч истеҳкомларидан бири бўлган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.