Atom energiyasi böyiça Yevropa agentligi
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 769-b. — ziyouz.com
Atom energiyasi böyiça Yevropa agentligi (AEYEA) - Iqtisodiy hamkorlik va rivojlaniş taşkiloti (IHRT) a'zolari bölgan Ğarbiy Yevropa mamlakatlarining atom sanoati sohasidagi birlaşmasi. U 1957 y. dek.da tuzilgan. AEYEAning öz ustavi, rahbar qömitasi (Parijda joylaşgan) va xalqaro kotibiyati bor. AEYEA faoliyati atom korxonalarini birgalikda qurişga, özaro ilmiy-texnika hamtsorligini rivojlantirişga, atom energiyasidan foydalaniş masalalarida milliy qonun va tartiblarni kelişib olişga qaratilgan. U Atom energiyasi böyiça Yevropa hamkorligi (AEYEH) b-n yaqin aloqada.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
АТОМ ЭНЕРГИЯСИ БЎЙИЧА ЕВРОПА АГЕНТЛИГИ (АЭЕА) - Иқтисодий ҳамкорлик ва ривожланиш ташкилоти (ИҲРТ) аъзолари бўлган Ғарбий Европа мамлакатларининг атом саноати соҳасидаги бирлашмаси. У 1957 й. дек.да тузилган. АЭЕАнинг ўз устави, раҳбар қўмитаси (Парижда жойлашган) ва халқаро котибияти бор. АЭЕА фаолияти атом корхоналарини биргаликда қуришга, ўзаро илмий-техника ҳамтсорлигини ривожлантиришга, атом энергиясидан фойдаланиш масалаларида миллий қонун ва тартибларни келишиб олишга қаратилган. У Атом энергияси бўйича Европа ҳамкорлиги (АЭЕҲ) б-н яқин алоқада.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.