Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Atributsiya

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 773-b. — ziyouz.com

    Atributsiya (lot. atributio — nisbat bermoq) — badiiy asar (rasm, haykal va b.)ning asilligini, muallifini, yaratilgan joyi, vaqtini aniqlaş. San'atşunoslikda asarning uslubi va yaratiliş xususiyatlari (material, kompozitsiya, ijodkorning öziga xos uslubi va h. k.) tahliliga asoslanadi. Dastlab mutaxassislarning tajribaviy bilimi va hissiy xulosalariga asoslangan A. 19-a. oxiridan ilmiy uslubiy taxlil, kim-yoviy va fizik tadqiqotlar (makrova mikrosuratga oliş, rentgenografiya, infraqizil, ultrabinafşa nurlar va b.) natijalariga tayanmoqda.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АТРИБУЦИЯ (лот. atributio — нисбат бермоқ) — бадиий асар (расм, ҳайкал ва б.)нинг асиллигини, муаллифини, яратилган жойи, вақтини аниқлаш. Санъатшуносликда асарнинг услуби ва яратилиш хусусиятлари (материал, композиция, ижодкорнинг ўзига хос услуби ва ҳ. к.) таҳлилига асосланади. Дастлаб мутахассисларнинг тажрибавий билими ва ҳиссий хулосаларига асосланган А. 19-а. охиридан илмий услубий тахлил, ким-ёвий ва физик тадқиқотлар (макрова микросуратга олиш, рентгенография, инфрақизил, ультрабинафша нурлар ва б.) натижаларига таянмоқда.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.