Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Atsetallar

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 821-b. — ziyouz.com

    Atsetallar — aldegidlarning gidratlangan oddiy efirlari. Rangsiz, xuşböy suyukliklar. Organik erituvçilarda yaxşi, suvda juda yomon eriydi. A. temir (III)-xlorid (FeCl,) yoki mineral kislotalar iştirokida aldegidlarni spirtlar, ortoefirlar yoki tetraalkoksisilanlar b-n qizdirib olinadi. Sanoatda atsetaldegidning atsetali — atsetilendan olinadi. A. atir-upa sanoatida, flotoreagent, plastifikator va surkov moylari sifatida keng işlatiladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АЦЕТАЛЛАР — альдегидларнинг гидратланган оддий эфирлари. Рангсиз, хушбўй суюкликлар. Органик эритувчиларда яхши, сувда жуда ёмон эрийди. А. темир (III)-хлорид (FeCl,) ёки минерал кислоталар иштирокида альдегидларни спиртлар, ортоэфирлар ёки тетраалкоксисиланлар б-н қиздириб олинади. Саноатда ацетальдегиднинг ацетали — ацетилендан олинади. А. атир-упа саноатида, флотореагент, пластификатор ва сурков мойлари сифатида кенг ишлатилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.