Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Atsidimetriya

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 824-b. — ziyouz.com

    Atsidimetriya — kislota miqdorini aniqlaşda asosiy analiz neytrallaniş reaksiyasiga asoslangan usul. A.da tarkibida karbonat ionlari bölmagan aniq konsentratsiyali işqor eritmasi indikator qöşilgan kislota eritmasiga oz-ozdan quyiladi. Ekvivalent nuqtaga erişilgaç, quyilgan işqor hajmi ölçanadi. Işqor eritmasi fenolftalein indikatori iştirokida oksalat kislota b-n titrlanadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АЦИДИМЕТРИЯ — кислота миқдорини аниқлашда асосий анализ нейтралланиш реакциясига асосланган усул. А.да таркибида карбонат ионлари бўлмаган аниқ концентрацияли ишқор эритмаси индикатор қўшилган кислота эритмасига оз-оздан қуйилади. Эквивалент нуқтага эришилгач, қуйилган ишқор ҳажми ўлчанади. Ишқор эритмаси фенолфталеин индикатори иштирокида оксалат кислота б-н титрланади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.