Autointoksikatsiya
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 781-b. — ziyouz.com
Autointoksikatsiya (auto..., lot in — içga va yun. toxicon — zahar) — normal hayot faoliyatida, şuningdek organizmning özida işlab çiqariladigan zaharli moddalar b-n öz-özini zaharlaşi. A.ga asosan moddalar almaşinuvi jarayonida yoki töqimalar yemirilişida vujudga kelgan zaharli moddalar sabab böladi. Içakda hosil bölgan zaharli moddalarning qonga şimilişi oqibatida içak A. si kelib çiqadi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
АУТОИНТОКСИКАЦИЯ (ауто..., лот in — ичга ва юн. toxicon — заҳар) — нормал ҳаёт фаолиятида, шунингдек организмнинг ўзида ишлаб чиқариладиган заҳарли моддалар б-н ўз-ўзини заҳарлаши. А.га асосан моддалар алмашинуви жараёнида ёки тўқималар емирилишида вужудга келган заҳарли моддалар сабаб бўлади. Ичакда ҳосил бўлган заҳарли моддаларнинг қонга шимилиши оқибатида ичак А. си келиб чиқади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.