Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Avantyurin

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 81-b. — ziyouz.com

    Avantyurin — ziç mayda zarrali şaffof kvars, qönğir-qizğiş yoki sarğiş rangli yaltiroq mineral. Tarkibida bir meyorda tarqalgan slyuda yoki gematit böladi. kaliy va natriyga boy bölgan tillarang dala şpatlari ham A.deb ataladi. A. oson jilvirlanadi va kumuşsimon-oq, qizğiş-qönğir, ahyon-ahyonda yaşil rangda tovlanadi, şuning uçun turli zeb-ziynat va san'at buyumlari yasaş uçun işlatiladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АВАНТЮРИН — зич майда заррали шаффоф кварц, қўнғир-қизғиш ёки сарғиш рангли ялтироқ минерал. Таркибида бир меъёрда тарқалган слюда ёки гематит бўлади. калий ва натрийга бой бўлган тилларанг дала шпатлари ҳам А.деб аталади. А. осон жилвирланади ва кумушсимон-оқ, қизғиш-қўнғир, аҳён-аҳёнда яшил рангда товланади, шунинг учун турли зеб-зийнат ва санъат буюмлари ясаш учун ишлатилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.