«Aviabank»
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 87-b. — ziyouz.com
«Aviabank» — Özbekistondagi universal aksiyadorlik tijorat banki. 1990 y.dek.da taşkil topgan. Toşkent ş.da joylaşgan. Asosan respublikada aviatsiya transporti va unga xizmat körsatadigan infratuzilmalarni rivojlantirişga, moliya-kredit resurslarini jalb qilişga kömaklaşadi, yuridik va jismoniy şaxslarga turli bank xizmatlari körsatadi. Aksiyadorlik kapitali summasi 50, zaxira kapitali 76,5, berilgan kreditlar 73,2, körilgan yillik foyda 143,2; jami aktivlari 475,5 mln. söm (1997 y. 1 yanv.).
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
«АВИАБАНК» — Ўзбекистондаги универсал акциядорлик тижорат банки. 1990 й.дек.да ташкил топган. Тошкент ш.да жойлашган. Асосан республикада авиация транспорти ва унга хизмат кўрсатадиган инфратузилмаларни ривожлантиришга, молия-кредит ресурсларини жалб қилишга кўмаклашади, юридик ва жисмоний шахсларга турли банк хизматлари кўрсатади. Акциядорлик капитали суммаси 50, захира капитали 76,5, берилган кредитлар 73,2, кўрилган йиллик фойда 143,2; жами активлари 475,5 млн. сўм (1997 й. 1 янв.).
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.