Aviatsiya meteorologiyasi
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 95-b. — ziyouz.com
Aviatsiya meteorologiyasi -meteorologiya amaliy bölimi. Atmosfera hodisalarining samolyot va b. uçiş apparatlari faoliyatiga ta'sirini örganadi. Samolyotlarning uçişi, kötarilişi va ayniqsa qönişiga bulut, kuçli şamol, elektr razryadlari, tuman, yaxmalak, çang-tözon va b. hodisalar ta'sir qiladi. Şu hodisalarga doir ma'lumotlar maxsus aviameteorologiya markazlarida olinadi. Aeroportlarda esa aviameteorologiya st-yalari taşkil qilinadi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
АВИАЦИЯ МЕТЕОРОЛОГИЯСИ -метеорология амалий бўлими. Атмосфера ҳодисаларининг самолёт ва б. учиш аппаратлари фаолиятига таъсирини ўрганади. Самолётларнинг учиши, кўтарилиши ва айниқса қўнишига булут, кучли шамол, электр разрядлари, туман, яхмалак, чанг-тўзон ва б. ҳодисалар таъсир қилади. Шу ҳодисаларга доир маълумотлар махсус авиаметеорология марказларида олинади. Аэропортларда эса авиаметеорология ст-ялари ташкил қилинади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.