Avizo
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 96-b. — ziyouz.com
Avizo (ital. aviso) — bank, tijorat amaliyotida hisob-kitob harakatlarining bajarilganligi töğrisida rasmiy xabarnoma. Banklar A. orqali mijozlarini amalga oşirilgan debit va kredit harakatlari, yozuvlari, hisob varağidagi qoldiqlar, pul ötkazmalarini tölaş, çek talabnomasi, akkredetiv oçiş va b. yozuvlar xususida xabardor qiladi. Tovar jönatuvçi (sotuvçi) tomonidan xaridorga tovar jönatilgani haqidagi xat ham A. deyiladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
АВИЗО (итал. aviso) — банк, тижорат амалиётида ҳисоб-китоб ҳаракатларининг бажарилганлиги тўғрисида расмий хабарнома. Банклар А. орқали мижозларини амалга оширилган дебит ва кредит ҳаракатлари, ёзувлари, ҳисоб варағидаги қолдиқлар, пул ўтказмаларини тўлаш, чек талабномаси, аккредетив очиш ва б. ёзувлар хусусида хабардор қилади. Товар жўнатувчи (сотувчи) томонидан харидорга товар жўнатилгани ҳақидаги хат ҳам А. дейилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.