Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Avrora

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 101-b. — ziyouz.com

    Avrora (Aurora) — qad. Rim afsonalarida tong yoğdusi ma'budasi. Yunon afsonalarida Eos nomi b-n yuritiladi. Rivoyatlarga köra, A. xudolarga va insonlarga kunduzi nur taratib turadi. A. tasviriy san'at asarlarida otlar qöşilgan ğildirakli aravaga tuşgan holda okeandan çiqib kelayotgan yoş, ikki qanotli ayol siymosida gavdalantirilgan. Antik zamonlarda yaşagan şoirlar A.ga atab qasidalar va b. janrlarda asarlar yozişgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АВРОРА (Aurora) — қад. Рим афсоналарида тонг ёғдуси маъбудаси. Юнон афсоналарида Эос номи б-н юритилади. Ривоятларга кўра, А. худоларга ва инсонларга кундузи нур таратиб туради. А. тасвирий санъат асарларида отлар қўшилган ғилдиракли аравага тушган ҳолда океандан чиқиб келаётган ёш, икки қанотли аёл сиймосида гавдалантирилган. Антик замонларда яшаган шоирлар А.га атаб қасидалар ва б. жанрларда асарлар ёзишган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.