Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Avstraliya platformasi

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 109-b. — ziyouz.com

    Avstraliya platformasi - Avstraliyaning ğarbiy va markaziy qismlari va Yangi Gvineya jan. qismini egallagan tokembriy platformasi. Arxey-quyi proterozoyga mansub fundamenti metamorfiklaşgan vulkanik jinslar, gneys va granitlardan tuzilgan; yuqori proterozoy-pleozoy davri çökindi ğilofi esa terrigenli, karbonatli va vulkanogen jinslar (platobazaltlar) dan taşkil topgan. Zaminidagi jinslar orasida oltin, temir rudasi, rangli va kamyob metallar, çökindi ğilofida neft va gazning yirik konlari bor.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АВСТРАЛИЯ ПЛАТФОРМАСИ - Австралиянинг ғарбий ва марказий қисмлари ва Янги Гвинея жан. қисмини эгаллаган токембрий платформаси. Архей-қуйи протерозойга мансуб фундаменти метаморфиклашган вулканик жинслар, гнейс ва гранитлардан тузилган; юқори протерозой-плеозой даври чўкинди ғилофи эса терригенли, карбонатли ва вулканоген жинслар (платобазальтлар) дан ташкил топган. Заминидаги жинслар орасида олтин, темир рудаси, рангли ва камёб металлар, чўкинди ғилофида нефть ва газнинг йирик конлари бор.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.