Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Avstralorp tovuq zoti

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 111-b. — ziyouz.com

    Avstralorp tovuq zoti - göşt va tuxum uçun boqiladigan zot. Avstraliyada 20-a.ning 20-y.larida ingliz qora orpington tovuq zoti negizida olingan. Oyoklari kalta, pati tovlanuvçan qora, tanasi çöziq. Xörozlarining tirik vazni 3,5—4 kg, tovuğiniki 2,5— 2,7 kg. Bir yilda 180 va undan köproq tuxum qiladi. Tuxumlari oç jigarrang, vazni örtaça 55—60 g. Asosan Avstraliya va Jan. Afrikada boqiladi. Özbekistonga 50-y.larda keltirilgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АВСТРАЛОРП ТОВУҚ ЗОТИ - гўшт ва тухум учун боқиладиган зот. Австралияда 20-а.нинг 20-й.ларида инглиз қора орпингтон товуқ зоти негизида олинган. Оёклари калта, пати товланувчан қора, танаси чўзиқ. Хўрозларининг тирик вазни 3,5—4 кг, товуғиники 2,5— 2,7 кг. Бир йилда 180 ва ундан кўпроқ тухум қилади. Тухумлари оч жигарранг, вазни ўртача 55—60 г. Асосан Австралия ва Жан. Африкада боқилади. Ўзбекистонга 50-й.ларда келтирилган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.