Avtomatik oy stansiyasi
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 128-b. — ziyouz.com
Avtomatik oy stansiyasi - Oy sirtiga qöndiriş uçun möljallangan kosmik apparat. Konstruksiyasi va apparatlari Oydagi mavjud şaroitlarga moslab hisoblanadi. A.o.s. bortiga joylaştirilgan ilmiy apparatlar yordamida Oydagi tabiiy şaroit va Oy sirti tadqiq qilinadi, radiotelemetrik va televizion tizimlar yordamida tadqiqot natijalari va Oy sirti tasviri Yerga uzatiladi. 1966 y. 3 fev.da dunyoda birinçi bölib «Luna-9», şu yili «Serveyer-1» A.o.s. Oy sirtiga qöndirildi (q. «Luna», «Serveyer»).
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
АВТОМАТИК ОЙ СТАНЦИЯСИ - Ой сиртига қўндириш учун мўлжалланган космик аппарат. Конструкцияси ва аппаратлари Ойдаги мавжуд шароитларга мослаб ҳисобланади. А.о.с. бортига жойлаштирилган илмий аппаратлар ёрдамида Ойдаги табиий шароит ва Ой сирти тадқиқ қилинади, радиотелеметрик ва телевизион тизимлар ёрдамида тадқиқот натижалари ва Ой сирти тасвири Ерга узатилади. 1966 й. 3 фев.да дунёда биринчи бўлиб «Луна-9», шу йили «Сервейер-1» А.о.с. Ой сиртига қўндирилди (қ. «Луна», «Сервейер»).
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.