Avtomatika
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 129-b. — ziyouz.com
Avtomatika (yun. automatos — özi harakatlanövçi) — 1) avtomat holatda (odam iştirokisiz) işlaydigan qurilmalar va tizimlar yaratiş haqidagi nazariy va amaliy bilimlarni öz içiga olgan fan va texnika sohasi. A. fani har xil texnologiya jarayonlarini boşqariş va nazorat qilişning texnikaviy vositalari b-n şuğullanadi. A. kibernetika fanining rivojlanişi natijasida paydo bölgan «texnikaviy kibernetika» bölimining tarkibiy qismi hisoblanadi; 2) avtomat tarzda işlaydigan mexanizmlar, qurilmalar va tizimlar majmui.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
АВТОМАТИКА (юн. automatos — ўзи ҳаракатланўвчи) — 1) автомат ҳолатда (одам иштирокисиз) ишлайдиган қурилмалар ва тизимлар яратиш ҳақидаги назарий ва амалий билимларни ўз ичига олган фан ва техника соҳаси. А. фани ҳар хил технология жараёнларини бошқариш ва назорат қилишнинг техникавий воситалари б-н шуғулланади. А. кибернетика фанининг ривожланиши натижасида пайдо бўлган «техникавий кибернетика» бўлимининг таркибий қисми ҳисобланади; 2) автомат тарзда ишлайдиган механизмлар, қурилмалар ва тизимлар мажмуи.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.