Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Avtomobil xizmati

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 138-b. — ziyouz.com

    Avtomobil xizmati - qurolaslaha, yonilği, oziq-ovqat taşiş uçun möljallangan maxsus xizmat turi. Jang qilayotgan qismlarga texnikani taşiş va yaradorlarni evakuatsiya qilişda xizmat qiladi. Öz avtotransporti bölmagan qöşinlarni ham taşiydi. A.x. avtomobil (avtotransport) bölinmalari va qismlaridan iborat bölib. umumiy armiyaning ma'lum qöşin turi tarkibiga kirişi yoki alohida avtomobil qismlaridan taşkil topişi mumkin. Ba'zi armiyalarda A.x. transport qöşinlari deb ham ataladi. Özbekiston A.x. bölinmalari uçun ofitser kadrlar Samarqand avtomobilçi komandirmuhandislar oliy-harbiy bilim yurtida tayyorlanadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АВТОМОБИЛЬ ХИЗМАТИ - қуроласлаҳа, ёнилғи, озиқ-овқат ташиш учун мўлжалланган махсус хизмат тури. Жанг қилаётган қисмларга техникани ташиш ва ярадорларни эвакуация қилишда хизмат қилади. Ўз автотранспорти бўлмаган қўшинларни ҳам ташийди. А.х. автомобиль (автотранспорт) бўлинмалари ва қисмларидан иборат бўлиб. умумий армиянинг маълум қўшин тури таркибига кириши ёки алоҳида автомобиль қисмларидан ташкил топиши мумкин. Баъзи армияларда А.х. транспорт қўшинлари деб ҳам аталади. Ўзбекистон А.х. бўлинмалари учун офицер кадрлар Самарқанд автомобилчи командирмуҳандислар олий-ҳарбий билим юртида тайёрланади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.